Barcha yangiliklar
Uchtepada so'nggi qo'ng'iroq tadbirlari
Gallery image 151855
Gallery image 151856
Gallery image 151857
Gallery image 151858
Gallery image 151859
Gallery image 151860
Gallery image 151861
Gallery image 151862
Gallery image 151863
ABILOV UMIDBEK UTKIROVICH
25 May 2026
18:36

Uchtepada so'nggi qo'ng'iroq tadbirlari

✨ Bugun Uchtepa tumanidagi 32 ta davlat umumta'lim maktablarini jami 4 198 nafar bitiruvchilar muvaffaqiyatli tamomladi. Quvonarlisi, ulardan 61 nafari oltin, 8 nafari esa kumush medal sohibiga aylandi.

✅ Prezidentimiz ta’kidlaganidek, bugungi bitiruvchi — ertangi muhandis, shifokor, olim, tadbirkor va Uchinchi Renessans bunyodkoridir. “O‘zingizga ishonib, hamisha olg‘a boring!” degan ezgu tilaklar esa barcha yoshlar uchun katta motivatsiya bo‘lib xizmat qilmoqda.

📇 Shuningdek, bugungi kungacha 200 nafardan ziyod bitiruvchilar muddatidan avval xorijiy oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilindi. Jami bitiruvchilar tomonidan 1 293 ta turli fanlar bo‘yicha sertifikatlar qo‘lga kiritilgani yoshlarimizning bilim va salohiyatidan dalolat beradi.

📊 Tumanimiz yoshlari “Yosh qutqaruvchilar” Respublika musobaqalari, “Vatanparvar” hamda “Shunqorlar” ko‘rik-tanlovlarida ham yuqori natijalarni qayd etib kelmoqda.

🗣 Shu munosabat bilan bugun o‘tkazilgan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarida tuman deputatlari ham faol ishtirok etib, bitiruvchi yoshlarni samimiy tabrikladi hamda ularning kelgusi hayot yo‘liga oq yo‘l tiladi.

↗️ Aziz bitiruvchilar, sizlar Yangi O‘zbekistonning ertangi bunyodkorlari, xalqimizning ishonchi va tayanchisiz. Kelgusidagi barcha orzu-maqsadlaringizga erishishingizni tilaymiz!