Barcha yangiliklar
Mustaqil hayot sari ilk qadam: Termiz shaharidagi maktablarda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ko‘tarinki ruhda o‘tdi
Gallery image 151810
Gallery image 151811
Gallery image 151812
Gallery image 151813
Gallery image 151814
Gallery image 151815
Gallery image 151816
Gallery image 151817
Gallery image 151818
Gallery image 151819
MAMASHUKUROV RAHMON ABDULAXAT O‘G‘LI
25 May 2026
18:04

Mustaqil hayot sari ilk qadam: Termiz shaharidagi maktablarda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ko‘tarinki ruhda o‘tdi

Mazkur tantanalarda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlari o‘z saylov okruglaridagi maktablarda ishtirok etib, bitiruvchilarning quvonchiga sherik bo‘ldilar.

💬 Tadbirlar davomida davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz bitiruvchi o‘quvchilariga yo‘llagan samimiy tabrigi o‘qib eshittirildi. Tabrikda yoshlarga bildirilgan yuksak ishonch, ularning zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashlari uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar alohida ta’kidlandi.

🔅Xalq vakillari maktab ostonasini tark etib, mustaqil hayotga qadam qo‘yayotgan yoshlarni, ularga ta’lim-tarbiya bergan zahmatkash ustozlarni hamda farzand kamolini ko‘rib turgan ota-onalarni qizg‘in qutladilar:

🟢Bitiruvchilarga kelgusida oliy ta’lim muassasalariga kirish, munosib kasb egallashlarida omad yor bo‘lishini;

🟢Yangi O‘zbekiston ravnaqi va Vatanimiz taraqqiyoti yo‘lida munosib hissa qo‘shadigan yetuk mutaxassislar bo‘lib yetishishlarini tiladilar.

✔️ “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari barcha maktablarda kuy-qo‘shiqlar, bitiruvchilarning ustozlarga bo‘lgan cheksiz hurmat-ehtiromi va kelajakka bo‘lgan yuksak ishonchi bilan haqiqiy bayramona ruhda o‘tdi.