Barcha yangiliklar
Tumanimizdagi deputatlarimiz ishtirokida barcha maktablarda o'tkazilgan "So'nggi qo'ng'iroq" tadbirlari
Gallery image 151714
Gallery image 151715
Gallery image 151716
HUSANOV MUZAFFAR ALISHER O‘G‘LI
25 May 2026
17:17

Tumanimizdagi deputatlarimiz ishtirokida barcha maktablarda o'tkazilgan "So'nggi qo'ng'iroq" tadbirlari

Xalq deputati Bektemir tumani Kengashi deputati Kavaev Zulfqor Ishpulat o‘g‘li, Bektemir tumani 6-“Iykota” saylov okrugida joylashgan 347-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi.

Tadbir davomida deputat bitiruvchilarni ushbu unutilmas kun bilan samimiy tabriklab, ularga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bayram tabrigini o‘qib eshittirdi. Shuningdek, yoshlarga kelgusi hayot yo‘lida ulkan zafarlar, yuksak natijalar va Vatan ravnaqi yo‘lida munosib hissa qo‘shishlarini tiladi.

Tantanali tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tib, o‘quvchilar, ustozlar va ota-onalar uchun yorqin taassurotlarga boy bo‘ldi.