Barcha yangiliklar
“So‘nggi qo‘ng‘iroq” — yoshlar orzulariga qanot bag‘ishlagan bayram
Gallery image 151653
Gallery image 151654
Gallery image 151655
Gallery image 151656
Gallery image 151657
Gallery image 151658
Gallery image 151659
XOLIQJONOVA BARNOXON AXROR QIZI
25 May 2026
16:41

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” — yoshlar orzulariga qanot bag‘ishlagan bayram

 “So‘nggi qo‘ng‘iroq” — yoshlar orzulariga qanot bag‘ishlagan bayram

⚡️Bugun mamlakatimizdagi barcha umumta’lim maktablarida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari yuqori ko‘tarinki ruhda nishonlanadi.

✨ Xususan, xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati To‘rabek Nazarov Olmazor tumanidagi 12-“Gulzor” saylov okrugida joylashgan 16-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi.

🎓Tadbir davomida deputat bitiruvchilarni ushbu unutilmas kun bilan samimiy tabriklab, ularga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bayram tabrigini o‘qib eshittirdi. Shuningdek, yoshlarga kelgusi hayot yo‘lida ulkan zafarlar, yuksak natijalar va Vatan ravnaqi yo‘lida munosib hissa qo‘shishlarini tiladi.
🌟 Tantanali tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tib, maktab ma'muriyati tomonidan chet tillaridan yuqori o‘rin olgan o‘quvchilar va ularning ota-onalari tashakkurnoma bilan taqdirlandilar.