Barcha yangiliklar
2026-yil 25-may kuni Oltinsoy tumanidagi 61-sonli umumta’lim maktabida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri ko‘tarinki ruh va yuqori saviyada tashkil etildi.
Gallery image 151596
Gallery image 151597
Gallery image 151598
Gallery image 151599
Gallery image 151600
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
25 May 2026
16:24

2026-yil 25-may kuni Oltinsoy tumanidagi 61-sonli umumta’lim maktabida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri ko‘tarinki ruh va yuqori saviyada tashkil etildi.

Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning bitiruvchi o‘g‘il-qizlarga yo‘llagan bayram tabrigi o‘qib eshittirildi.

Davlat rahbarining tabrigida yoshlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallash, yurt ravnaqi yo‘lida munosib hissa qo‘shadigan barkamol avlod bo‘lib voyaga yetishlariga oid ezgu tilak va tavsiyalar o‘z ifodasini topdi.

Tadbir yakunida bitiruvchilarga kelgusi hayot yo‘llarida ulkan zafarlar, yuksak marralar hamda omad tilandi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati