Barcha yangiliklar
Uylarni issiq va sovuq suv bilan ta’minlash, elektr energiyasi, gaz bilan bog‘liq masalalarni o'rganildi.
Gallery image 151570
Gallery image 151571
Gallery image 151572
XODJANOV DAVRON AMANKOSHOVICH
25 May 2026
16:04

Uylarni issiq va sovuq suv bilan ta’minlash, elektr energiyasi, gaz bilan bog‘liq masalalarni o'rganildi.

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston „Adolat“ sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat Bekimbetova Sayyara Seytimovna “Taxiatosh” MFY hududidagi ko‘p qavatli uylarda bo‘lib, aholi uchun muhim kommunal masalalarni o‘rgandi.

🔍 O‘rganish davomida:
💧 issiq va sovuq suv ta’minoti
⚡️ elektr energiyasi bilan bog‘liq holatlar
🔥 gaz ta’minoti masalalari joyida ko‘zdan kechirildi.

🤝 Shuningdek, aholi bilan muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar va takliflar tinglandi.