Barcha yangiliklar
DEPUTAT SO'ROVI YUBORILDI.
Gallery image 151524
XO‘JAMBERDIYEV SHUKURULLA NUMON O‘G‘LI
27 Apr 2026
15:26

DEPUTAT SO'ROVI YUBORILDI.

Toshloq tumani Guzarboshi MFYdagi elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolar yuzasidan Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati A.Toyirov tomonidan tuman elektr tarmoqlari korxonasiga deputat so‘rovi yuborildi.

So‘rovda yangi tortilgan elektr tarmog‘ini zamonaviy beton tayanchlarga ko‘chirish, shuningdek, bo‘shagan tayanchlarni Murabbiy hamda Xorazm ko‘chalariga o‘rnatish orqali aholining elektr ta’minotini yaxshilash zarurligi qayd etilgan.