Barcha yangiliklar
QO‘RG‘ONCHA OILAVIY SHIFOKORLIK PUNKTIDAGI SHART-SHAROITLAR DEPUTATLAR NAZORATIDA
Gallery image 151517
Gallery image 151518
Gallery image 151519
Gallery image 151520
Gallery image 151521
Gallery image 151522
Gallery image 151523
XO‘JAMBERDIYEV SHUKURULLA NUMON O‘G‘LI
24 Apr 2026
15:22

QO‘RG‘ONCHA OILAVIY SHIFOKORLIK PUNKTIDAGI SHART-SHAROITLAR DEPUTATLAR NAZORATIDA

Xalq deputatlari Toshloq tuman Kengashi kotibiyat mudiri M.Qoraboyeva tomonidan Qo‘rg‘oncha oilaviy shifokorlik punktida  aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat, bepul beriladigan dori vositalari hamda tibbiyot muassasasining moddiy-texnik bazasi, shifokor va o‘rta tibbiyot xodimlarining faoliyati hamda bemorlarga yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida aholiga birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati, profilaktik ko‘riklarning tashkil etilishi, surunkali kasalliklar bilan ro‘yxatda turuvchi bemorlarning nazoratda olib borilishi alohida e’tiborga olindi.

Shuningdek, bepul beriladigan dori vositalarining o‘z vaqtida yetkazib berilishi hamda ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati yuzasidan aholining fikrlari tinglanib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tavsiyalar berildi.