Barcha yangiliklar
Fuqaro murojaati o‘rganildi
Gallery image 151489
Gallery image 151490
Gallery image 151491
ADXAMOV ASADBEK AZIZJON O‘G‘LI
25 May 2026
15:09

Fuqaro murojaati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov tomonidan "A.Zoxiriy" MFY Qurg‘oncha ko‘chasida yashovchi fuqaro Z.Umarovning maxalladagi poliklinika filiali binosini qayta qurish masalasida qilgan murojaati o‘rganildi.

Murojaat yuzasidan fuqaroga amaldagi qonunchilik talablari asosida huquqiy tushuntirish berilib, Kengash qarorlarini qabul qilish tartibi hamda tegishli jarayonlar bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek fuqaro murojaatida ko‘tarilgan masala yuzasidan xudud deputati bilan xamkorlikda olib borilayotgan ishlar xaqida tushuntirish berildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi