Barcha yangiliklar
“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri yuqori kayfiyatda tashkil etildi
Gallery image 151468
Gallery image 151469
Gallery image 151470
Gallery image 151471
Gallery image 151472
Gallery image 151473
Gallery image 151474
Gallery image 151475
YUSUBOV MUZAFFAR ALIMBAYEVICH
25 May 2026
14:54

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri yuqori kayfiyatda tashkil etildi

#bayram #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

🎓 Yashnobod tumanida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri yuqori kayfiyatda tashkil etildi

🔔 25-may — “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri munosabati bilan Yashnobod tumani “Qalqon” mahallasida joylashgan 339-sonli umumta’lim maktabida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Davronbek Ravshanbekov ham ishtirok etib, bitiruvchi yoshlarni muborakbod etdi.

📚 Tadbir davomida o‘quvchilarning yillar davomida erishgan yutuqlari, ustozlarning fidokorona mehnati hamda ota-onalarning farzand tarbiyasidagi o‘rni alohida e’tirof etildi. Bayramona ruhda o‘tgan tadbirda bitiruvchilar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar, she’r va kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

🎤 Tadbir davomida deputat Davronbek Ravshanbekov bitiruvchilarni ushbu unutilmas kun bilan samimiy tabriklab, ularga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bayram tabrigini o‘qib eshittirdi. Shuningdek, yoshlarga kelgusi hayot yo‘lida ulkan zafarlar, yuksak natijalar va Vatan ravnaqi yo‘lida munosib hissa qo‘shishlarini tiladi.

🗣 Tadbir yakunida bitiruvchilarga ezgu tilaklar bildirilib, ular uchun yangi bosqich — katta hayot yo‘lida omad va zafarlar tilandi.


📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash