Barcha yangiliklar
⚽️ Yoshlar sportga keng jalb etilmoqda
Gallery image 151459
Gallery image 151460
Gallery image 151461
RUZMETOV UMRBEK SHAVKATOVICH
25 May 2026
14:25

⚽️ Yoshlar sportga keng jalb etilmoqda

📌 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputatlari M.Madrahimov, G.Dosova hamda Kengash kotibiyati xodimi U.Ruzmetov tomonidan tumandagi Ipakchi mahallasida yoshlarni bo‘sh vaqtlarida sportga keng jalb etish maqsadida mahallada yaratilgan sport inshootlari faoliyati o‘rganildi.

🏟 O‘rganish davomida sport maydonchalari, yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar hamda sport bilan muntazam shug‘ullanish imkoniyatlari ko‘zdan kechirildi.

📖 Shuningdek, “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi O‘RQ-394-sonli Qonun ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

✅ Hududlarda sport infratuzilmasini rivojlantirish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.