Barcha yangiliklar
🌳 Murojaat ijobiy yechim topdi
Gallery image 151448
Gallery image 151449
Gallery image 151450
RUZMETOV UMRBEK SHAVKATOVICH
25 May 2026
14:24

🌳 Murojaat ijobiy yechim topdi

📌 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati M. Madrahimov hamda Kengash kotibiyati xodimi U. Ruzmetov tomonidan tumandagi Ipakchi mahallasidan kelib tushgan og‘zaki murojaat asosida o‘rganish ishlari olib borildi.

🏫 Murojaatda 29-son maktab direktori D. Pirnapasov tomonidan tabiiy ofat oqibatida sinib qolgan daraxtni qonuniy tartibda kesish uchun tuman Ekologiya bo‘limidan ruxsat olishda amaliy yordam so‘ralgan.

🤝 Deputat tomonidan murojaat joyiga chiqib o‘rganildi hamda masalani ijobiy hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

✅ Natijada murojaat yuzasidan muammo qonuniy tartibda hal etilishiga erishildi.