Barcha yangiliklar
Yangi hayot sari ilk qadam
Gallery image 151429
Gallery image 151430
Gallery image 151431
Gallery image 151432
Gallery image 151433
MURODOV RAXMAT AXADOVICH
25 May 2026
13:05

Yangi hayot sari ilk qadam

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi raisi L.Behbudova tumandagi 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi.
✔️Tantanali tadbirda maktab bitiruvchilari, o‘qituvchilar, ota-onalar hamda keng jamoatchilik vakillari qatnashdi. Bayramona ruhda tashkil etilgan tadbir davomida bitiruvchilarning maktab hayotiga oid chiqishlari, she’r va qo‘shiqlari barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
✔️Tadbirda so‘z olgan deputat L.Behbudova yoshlarni hayotning yangi bosqichi bilan samimiy tabriklab, ularga kelgusidagi o‘qish va mehnat faoliyatida ulkan zafarlar tiladi. Shuningdek, mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanib, Vatan ravnaqiga munosib hissa qo‘shish zarurligini ta’kidladi.
✔️Tadbir davomida faol va namunaviy o‘quvchilarga esdalik sovg‘alari hamda tashakkurnoma topshirildi. Bitiruvchilar esa o‘z ustozlariga mehr va minnatdorlik so‘zlarini izhor etishdi.
✔️“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri yoshlar qalbida unutilmas xotira sifatida saqlanib qoladigan quvonchli va hayajonli lahzalarga boy bo‘ldi.