Barcha yangiliklar
Deputatlik so‘rovi ijobiy yechim topdi!
Gallery image 151417
Gallery image 151418
Gallery image 151419
Gallery image 151420
MAXMUDOV SORDOR ASHUROVICH
25 May 2026
11:57

Deputatlik so‘rovi ijobiy yechim topdi!

Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi deputati F. Bobobekov tomonidan Gulchambar mahallasi ichki yo‘llarining holati yuzasidan deputatlik so‘rovi kiritilgan edi. Mazkur murojaat asosida mutasaddi tashkilotlar tomonidan amaliy ishlar boshlab yuborildi. Bugungi kunda mahalla hududida asfalt qoplamali yo‘l yotqizish ishlari olib borilmoqda. Ushbu bunyodkorlik ishlari aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitini yaratishga xizmat qiladi. Mahalla fuqarolari amalga oshirilayotgan ishlardan mamnun ekanliklarini bildirib, muammoga befarq bo‘lmagan deputatga o‘z minnatdorliklarini izhor etishmoqda. Hududlarda infratuzilmani yaxshilash, aholining murojaat va takliflarini o‘z vaqtida hal etish borasidagi bunday amaliy ishlar xalq manfaatlarini ta’minlashda muhim аҳамият kasb etadi.