Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashidagi XDP guruhi tomonidan maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati o‘rganildi.
Gallery image 151310
Gallery image 151311
Gallery image 151312
Gallery image 151313
Gallery image 151314
Gallery image 151315
Gallery image 151316
NORBAYEVA GULSHAN XASHIMOVNA
25 May 2026
09:21

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashidagi XDP guruhi tomonidan maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati o‘rganildi.

➡️Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashidagi XDP guruhi tomonidan hududlardagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini o‘rganish va mavjud muammolarni aniqlashga qaratilgan nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.

XDP guruhi a’zolari, tuman Kengashi deputatlari D. Mahmudova hamda Sh. Ahmedov tomonidan 317-sonli va 167-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida olib borilgan o‘rganishlar davomida muassasalardagi sharoitlar, bolalar xavfsizligini ta’minlash holati, sanitariya talablari, yong‘in xavfsizligi tizimi hamda elektr jihozlaridan foydalanish jarayonlari ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan muhit, oshxona va guruh xonalarining holati, hududlarning tozaligi hamda xavfsizlik talablariga rioya etilishi yuzasidan mas’ullarning faoliyati tahlil qilindi.

Aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish, muassasalardagi mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda bolalar uchun yanada qulay va xavfsiz sharoit yaratish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli tavsiyalar berildi.

XDP guruhi tomonidan ijtimoiy soha obyektlari ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish, aholining dolzarb masalalariga yechim topish hamda joylardagi muammolarni tizimli o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.