Barcha yangiliklar
Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi
Gallery image 151304
Gallery image 151305
Gallery image 151306
Gallery image 151307
USMONOV UMIDJON RAYIMQUL O‘G‘LI
23 May 2026
20:15

Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Z.Abduraimova 2-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini o‘rgandi.
O‘rganish davomida tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, oshxona faoliyati alohida o‘rganilib, oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va saqlanish muddati, mahsulotlarning belgilangan tartibda omborxonalarda saqlanishi, taomnoma asosida ovqat tayyorlanishi hamda bolalarga berilayotgan oziq-ovqat ratsionining me’yorlarga muvofiqligi tahlil qilindi.
Muassasa ma’muriyatiga oziq-ovqat mahsulotlari sifatini doimiy nazorat qilib borish, sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy rioya etish, ta’lim sifatini yanada oshirish hamda mavjud sharoitlarni asrab-avaylash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.