Barcha yangiliklar
Mustaqillik bog‘ida zamonaviy IT-Park barpo etildi
Gallery image 151295
Gallery image 151296
Gallery image 151297
USMONOV UMIDJON RAYIMQUL O‘G‘LI
23 May 2026
20:07

Mustaqillik bog‘ida zamonaviy IT-Park barpo etildi

 Xalq deputatlari tumani Kengashining 2025-yil 1-martdagi VII-6-37-3-54-K/25-sonli qarori asosida ajratilgan mablag‘lar hisobidan tuman Mustaqillik bog‘i hududida zamonaviy IT-Park barpo etildi.

Foydalanishga topshirilgan mazkur maskan yoshlarning axborot texnologiyalari sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, zamonaviy kasblarni egallashi, innovatsion loyihalar ustida ishlashi uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Ushbu loyiha uchun tuman mahalliy budjetidan 1 milliard 50 million so‘m mablag‘ yo‘naltirilib, Mustaqillik bog‘ini rekonstruksiya qilish va IT-Park tashkil etish ishlari amalga oshirildi.
Xalq deputatlari tuman Kengashi qarorlari hududlarni obodonlashtirish, zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish hamda aholi va yoshlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.