Barcha yangiliklar







USMONOV UMIDJON RAYIMQUL O‘G‘LI
23 May 2026
19:58
Savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalariga rioya etilishi o‘rganildi
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Z.Abduraimova Balandchaqir mahallalasi hududida savdo va xizmat ko'rsatish qoidalariga riоуа etilishi holatini o'rgandi.
O‘rganish davomida savdo do'konlarida iste’molchilarga yaratilgan sharoitlar, mahsulotlarning saqlanishi, narxlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning mavjudligi hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi holati ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, faoliyatning qonunchilik talablariga muvofiqligi va mavjud hujjatlarning yuritilishi tahlil qilindi.
Aniqlangan ayrim kamchiliklar yuzasidan tadbirkorlik subyektlariga tushuntirishlar berilib, savdo madaniyatini yuksaltirish, xizmatlar sifatini oshirish hamda belgilangan qoidalarga qat’iy rioya etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.