Barcha yangiliklar
Bugun Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Ohangaron tumani Kengashining navbatdan tashqari 25-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Gallery image 151186
Gallery image 151187
Gallery image 151188
Gallery image 151189
Gallery image 151190
Gallery image 151191
Gallery image 151192
Gallery image 151193
ABDUKODIROV UTKIR UMIRZAKOVICH
23 May 2026
13:03

Bugun Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Ohangaron tumani Kengashining navbatdan tashqari 25-sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Sessiya kun tartibiga ko‘ra, Ohangaron tumani mahalliy budjetining qo‘shimcha mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risida Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i Dilshod Sadullayev hamda 2026-yil 1-chorakda “Tashabbusli budjet” jarayonlarini moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar to‘g‘risida Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari Samandar Qo‘chqorovning axboroti tinglandi.

✅Shuningdek, Xalq deputatlari Ohangaron tuman Kengashining 2026-yil 19-martdagi VII-23-20-10-134-K/26-sonli va 2026-yil 25-martdagi VII-23-22-10-134-K/26-sonli qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish hamda qonunga muvofiqlashtirish to‘g‘risida va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2026-yil 12-martdagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining, Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining qo‘shimcha manbalarini aniqlash hamda ulardan foydalanishni tartibga solishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi KQ-325-V-son Qarori to‘g‘risida Kengash kotibiyati mudiri Madhiya Nishanovaning axborotlari tinglandi.

✅Sessiya ishida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan Kengashning tegishli qarorlari qabul qilindi.