Barcha yangiliklar
Fuqaro murojaati o‘rganildi
Gallery image 151137
Gallery image 151138
Gallery image 151139
Gallery image 151140
Gallery image 151141
Gallery image 151142
KURGANOVA NILUFAR RAXIMJANOVNA
21 May 2026
09:42

Fuqaro murojaati o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq, Bo‘stonliq tumani “Ko‘kto‘nli” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro G.To‘rayevaning murojaati xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi raisi O.Babayev, kotibiyat mudiri J.Sadirov, kotibiyat xodimi N.Kurganova tomonlaridan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi rahbari A.Inagamov ishtirokida joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

🔺O‘rganish davomida fuqaroning turmush tarzi, ijtimoiy ahvoli hamda mavjud muammolari bilan yaqindan tanishildi. Suhbat jarayonida fuqaro tomonidan uy-joy masalasi va kundalik ehtiyojlar bilan bog‘liq qator muammolar tilga olindi. Deputat ushbu murojaatlarni atroflicha tinglab, tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda muammolarni bosqichma-bosqich hal etish yuzasidan amaliy choralar ko‘rilishini bildirdi.

🔺Shuningdek, fuqaroni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy yordam ko‘rsatish hamda munosib yashash sharoitini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.