Barcha yangiliklar
XALQ DEPUTATLARI MUZRABOT TUMANI KENGASHINING YIGIRMA IKKINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
Gallery image 151075
Gallery image 151076
Gallery image 151077
Gallery image 151078
Gallery image 151079
Gallery image 151080
Gallery image 151081
Gallery image 151082
Gallery image 151083
XOLIQOV BAXODIR RO‘ZIQULOVICH
22 May 2026
19:07

XALQ DEPUTATLARI MUZRABOT TUMANI KENGASHINING YIGIRMA IKKINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI

Tuman hokimligi majlislar zalida xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining yigirma ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimi va uning o‘rinbosarlari, ijro organlari, jamoat tashkilotlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari, kun tartibidagi masalalarga aloqador tashkilot va korxonalar rahbarlari ishtirok etdi.

Sessiyaga xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Sayidali Mahmatqulovich Nurmahmatov raislik qildi.

Sessiya davomida tuman ijtimoiy-siyosiy hayotiga daxldor bo‘lgan 6 ta muhim masala deputatlar tomonidan atroflicha muhokama qilindi. Kun tartibidagi masalalar yuzasidan mas’ul rahbarlarning axborotlari tinglanib, deputatlar tomonidan qator savollar, taklif va mulohazalar bildirildi.

Muhokamalar jarayonida deputatlarning faolligi, sessiya materiallari bilan puxta tanishib chiqqan holda masalalarga yondashayotgani alohida sezildi. Bu esa mahalliy Kengash faoliyatida ochiqlik va mas’uliyat tamoyillari mustahkamlanib borayotganidan dalolat beradi.

Sessiya yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.

Shuningdek, sessiya jarayonlari
“Facebook” ijtimoiy tarmog‘i orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri efirda namoyish etildi.