Barcha yangiliklar
#96_qonun_nazorati
ERGASHEVA SHAXNOZA ABDURAXMONOVNA
22 May 2026
16:58

#96_qonun_nazorati

#96_qonun_nazorati

🔐 “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi deputatlar nazoratida

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputatlari tomonidan “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi Qonun ijrosini o‘rganish maqsadida maxsus savolnoma ishlab chiqildi.

Mazkur savolnoma orqali tumandagi davlat organlari va tashkilotlarida axborot tizimlari xavfsizligi, kiberhujumlarning oldini olish, ma’lumotlarni himoya qilish hamda muhim axborot infratuzilmasi obyektlarida amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganiladi.

Shuningdek, deputatlik nazorati doirasida tashkilotlarda kiberxavfsizlik talablariga rioya etilishi, axborot tizimlarining uzluksiz ishlashi hamda fuqarolar va davlat manfaatlarini kiberxatarlardan himoya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinadi.