Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati M.Egamnazarov tomonidan hududda “Chiqindilar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
Gallery image 150889
Gallery image 150890
Gallery image 150891
Gallery image 150892
ESHKUZIYEV ELBEK ABDUALIMOVICH
22 May 2026
16:27

Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati M.Egamnazarov tomonidan hududda “Chiqindilar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida hududda sanitariya-tozalik holati, maishiy chiqindilarni yig‘ish va o‘z vaqtida olib chiqib ketish tizimi, chiqindilar uchun ajratilgan maxsus joylarning holati hamda ekologik madaniyatni shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Deputat tomonidan mas’ullarga hududlarda sanitariya holatini yanada yaxshilash, chiqindilarni saralash madaniyatini keng targ‘ib qilish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.