Barcha yangiliklar
DEPUTAT VA KOTIBIYAT MUDIRI TOMONIDAN O‘RGANISH ISHLARI O‘TKAZILDI
Gallery image 150845
Gallery image 150846
Gallery image 150847
Gallery image 150848
Gallery image 150849
Gallery image 150850
ESHKUZIYEV ELBEK ABDUALIMOVICH
15 May 2026
16:16

DEPUTAT VA KOTIBIYAT MUDIRI TOMONIDAN O‘RGANISH ISHLARI O‘TKAZILDI

Kengash kotibiyat mudiri M.G'oibnazarov hamda tuman Kengash deputati P.Tojiboyevlar tomonidan hududdagi umumta’lim maktabidan tushgan murojaat joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida maktabning mavjud infratuzilmasi, jumladan o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, sport stadioni hamda yoshlar uchun tashkil etilgan imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, maktab stadionining holati o‘rganilib, uni yanada yaxshilash va o‘quvchilar uchun qulay sharoitlar yaratish zarurligi qayd etildi.

Maktabda sinf xonalari yetishmasligi muammosi mavjudligi aniqlanib, o‘quv jarayonini yanada samarali tashkil etish maqsadida qo‘shimcha o‘quv bino qurilishi bo‘yicha takliflar bildirildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tartibda o‘rganishlarni davom ettirish hamda mutasaddi tashkilotlarga takliflar kiritish zarurligi ta’kidlandi.