Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati L.Mustafakulova tomonidan hududdagi „Ijtimoiy reestrda" turuvchi fuqarolar holidan xabar olindi.
Gallery image 150817
Gallery image 150818
ESHKUZIYEV ELBEK ABDUALIMOVICH
12 May 2026
16:09

Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati L.Mustafakulova tomonidan hududdagi „Ijtimoiy reestrda" turuvchi fuqarolar holidan xabar olindi.

„Ijtimoiy reestrda" turuvchi fuqarolar yashash sharoiti o‘rganilib, ularning muammo va takliflari yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Fuqarolarning kundalik turmush sharoitini yaxshilash, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga hamda mavjud masalalarni joyida hal etish bo‘yicha tegishli mas’ullarga tavsiyalar berildi.

Shuningdek, mahallada yashovchi fuqaro tomonidan yurak operatsiyasi uchun mablag‘ ajratish yuzasidan murojaati joyiga chiqib o'rganildi. Mazkur murojaat deputat tomonidan atroflicha o‘rganilib, ijtimoiy xodim bilan birgalikda hal etish choralarini ko‘rish belgilandi.

Shu bilan birga, ushbu masala Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi muhokamasiga kiritilishi ta’kidlandi.