Barcha yangiliklar
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
Gallery image 150784
Gallery image 150785
Gallery image 150786
SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
22 May 2026
15:55

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashining yigirma uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Sessiyada navbatdagi masala O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi PQ-141-son qarori bilan tasdiqlangan Islom taraqqiyot banki ishtirokidagi “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihasining Sherobod tumanidagi ijrosi muhokama qilinmoqda.

Mazkur masala yuzasidan tuman hokimi o‘rinbosari E. Musaevning hisoboti tinglanmoqda.