Barcha yangiliklar
AHOLIGA KO‘RSATILAYOTGAN TIBBIY XIZMATLAR DEPUTAT E’TIBORIDA
Gallery image 150537
Gallery image 150538
Gallery image 150539
MAXAMMADIYEVA GULMIRA ABDULLAYEVNA
22 May 2026
11:10

AHOLIGA KO‘RSATILAYOTGAN TIBBIY XIZMATLAR DEPUTAT E’TIBORIDA

⭐Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati N.Ziyadinov tomonidan tumandagi Ulus mahallasida joylashgan 6-sonli oilaviy poliklinikada o‘rganish ishlari olib borildi.

⭐O‘rganish jarayonida deputat tomonidan muassasada aholiga yaratilgan shart-sharoitlar, bemorlarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati hamda tibbiyot xodimlarining faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, oilaviy poliklinikada fuqarolar uchun yaratilgan qulayliklar, dori-darmon ta’minoti, qabul jarayonlari va sanitariya holati ham ko‘zdan kechirildi.

📌 O‘rganish davomida aniqlangan ayrim masalalar yuzasidan muassasa rahbariyatiga tegishli tavsiya va takliflar berilib, aholiga sifatli va samarali tibbiy xizmat ko‘rsatishni yanada yaxshilash bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar bildirildi.

⭐Aholi salomatligini muhofaza qilish, tibbiyot muassasalari faoliyatini o‘rganish hamda fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish masalalari deputatlar tomonidan doimiy nazoratga olinmoqda.