Barcha yangiliklar
YOSHLAR SPORTGA KENG JALB ETILMOQDA
Gallery image 150473
Gallery image 150474
Gallery image 150475
ALIYEVA ZILOLA YASHNAROVNA
22 May 2026
09:51

YOSHLAR SPORTGA KENG JALB ETILMOQDA

Mazkur yo‘nalishda Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Y. Ibragimov tomonidan o‘z saylov okrugidagi yoshlarni sportga jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda jismoniy salomatligini mustahkamlash borasida amaliy ishlar olib borilmoqda.

Deputat tashabbusi bilan yoshlar o‘rtasida sportning turli yo‘nalishlariga qiziqishni oshirish, ularni musobaqalarda faol ishtirok etishga undash hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shuningdek, yoshlar ishtirokida futbol jamoasi shakllantirilib, bugungi kunda ushbu jamoa nufuzli musobaqalarda faol qatnashib, yaxshi natijalarga erishmoqda.

Bunday tashabbuslar yoshlarning iqtidorini yuzaga chiqarish, ularni sog‘lom va faol hayot tarziga yo‘naltirish hamda mahallalarda sport muhitini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Bizni kuzatishda davom eting!