Barcha yangiliklar
Xalq salomatligi yo‘lida
Gallery image 16539
Gallery image 16540
Gallery image 16541
Gallery image 16542
Gallery image 16543
SALIMOV DAVLATBEK XAKIMJON O‘G‘LI
11 Sen 2024
17:29

Xalq salomatligi yo‘lida

Kattaqo'rg'on shahar Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikada aholi salomatligini saqlash yo‘lida tizimli ishlar olib borilmoqda. Bu borada poliklinika rahbari Deputat Mutabar Eshmurodova samarali faoliyat yuritib kelmoqda.

Poliklinika hozirgi kunda 40 mingdan ortiq shahar aholisiga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatilib, hozirgacha joylarda 43 marotaba salomatlik sayllari hamda chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar o‘tkazildi.

 Shuningdek, M.Eshmurodovaning sa’y – harakatlari va jamoaning hamjihatligida o‘tgan yil tashabbusli byudjet dasturi doirasida markaziy poliklinikaga Flyurografiya apparati hamda 50 dona kompyuter jamlanmasi keltirilgan.

Bugungi kunda poliklinika tomonidan aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, onalar va bolalar salomatligini asrash, yosh avlodning jismoniy va ruhiy barkamolligini ta’minlash borasida ibratli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.