Barcha yangiliklar
Surxondaryo viloyat Kengashi deputatlari bilan hamkorlikda Jarqo'rg'on tumanida nazorat-tahlil tadbiri o'tkazildi
Gallery image 150359
Gallery image 150360
Gallery image 150361
Gallery image 150362
Gallery image 150363
Gallery image 150364
Gallery image 150365
RAJABOV TOSHPO‘LAT CHORI O‘G‘LI
20 May 2026
08:51

Surxondaryo viloyat Kengashi deputatlari bilan hamkorlikda Jarqo'rg'on tumanida nazorat-tahlil tadbiri o'tkazildi

🔴Uchrashuvda asosiy e'tibor hudud infratuzilmasini yanada rivojlantirishga qaratilib, mahalla ichki yo‘llarini ta'mirlash va ichimlik suvi tarmoqlarini qaytadan rekonstruksiya qilish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

🔴Shuningdek mahallada bo'shab qolgan binodan unumli foydalanish maqsadida, mahalla yettiligi va faollari tomonidan ilgari surilgan bir qator istiqbolli taklif hamda tashabbuslar tinglandi. Yakunda ushbu bo'sh binoda mahalla yoshlarining zamonaviy bilim va kasb-hunar egallashlari uchun barcha qulayliklarga ega bo‘lgan yangi o‘quv markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yishga qat'iy kelshib olindi.

🔴O'rganishlar davomida mahalla yettiligining amalga oshirayotgan ishlari muhokama qilindi. Mavjud kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berilib, ish faoliyatini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.