Barcha yangiliklar
“Xalqobod” oilaviy shifokorlik punkti faoliyati o‘rganildi
Gallery image 150293
Gallery image 150294
Gallery image 150295
Gallery image 150296
Gallery image 150297
Gallery image 150298
Gallery image 150299
MURODOV TURSUNBEK SHOGELDI O‘G‘LI
21 May 2026
07:11

“Xalqobod” oilaviy shifokorlik punkti faoliyati o‘rganildi

“Xalqobod” oilaviy shifokorlik punkti faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputatlari K.Abdullayeva hamda G.Shafoatovalar tomonidan Termiz tumani “Xalqobod oilaviy shifokorlik punkti” faoliyati yuzasidan nazorat-tahlil tadbiri olib borildi.

O‘rganish davomida tibbiyot muassasasida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, dori-darmon ta’minoti, tibbiyot xodimlari faoliyati hamda bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, fuqarolarning murojaatlari va mavjud muammolar ham atroflicha tahlil qilindi.

Nazorat tadbiri davomida aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish, tibbiy xizmatlar samaradorligini oshirish hamda aholiga sifatli va tezkor xizmat ko‘rsatishni yanada yaxshilash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Hududlarda tibbiyot muassasalari faoliyatini o‘rganish va aholi salomatligini muhofaza qilishga qaratilgan nazorat tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.