Barcha yangiliklar
Maktablardagi rekonstruksiya ishlari o‘rganildi.
Gallery image 150287
Gallery image 150288
Gallery image 150289
Gallery image 150290
Gallery image 150291
Gallery image 150292
MURODOV TURSUNBEK SHOGELDI O‘G‘LI
21 May 2026
07:10

Maktablardagi rekonstruksiya ishlari o‘rganildi.

Maktablardagi rekonstruksiya ishlari o‘rganildi.

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Avliyakulov hamda tuman hokimligi bosh mutaxassisi O‘.Shamiyev bilan birgalikda hududlardagi 6-son va 12-son umumta’lim maktablarida olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari jarayonlari bilan tanishildi.

O‘rganish davomida qurilish-ta’mirlash ishlarining sifati, belgilangan muddatlarga amal qilinishi, o‘quvchilar uchun yaratilayotgan sharoitlar hamda loyiha asosida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, mas’ul tashkilot vakillari bilan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan suhbat o‘tkazilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda qurilish ishlarini sifatli yakunlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Hududlarda ta’lim muassasalarini zamonaviy sharoitlarga mos ravishda yangilash va o‘quvchilar uchun qulay muhit yaratish borasidagi ishlar davom etmoqda.