Barcha yangiliklar
11-DMTTda rekonstruksiya ishlari o‘rganildi
Gallery image 150263
Gallery image 150264
Gallery image 150265
Gallery image 150266
MURODOV TURSUNBEK SHOGELDI O‘G‘LI
19 May 2026
07:05

11-DMTTda rekonstruksiya ishlari o‘rganildi

11-DMTTda rekonstruksiya ishlari o‘rganildi

Termiz tuman Ayritom MFY hududidagi 11-DMTTda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 454-PQ-son qaroriga asosan olib borilayotgan rekonstruksiya, ya’ni mukammal ta’mirlash ishlari deputat G. Shafoatova tomonidan o‘rganildi.

Mazkur obyekt uchun 2 milliard 729 million so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, bino 1991-yilda qurilgan. Maktabgacha ta’lim tashkiloti 90 o‘rinli hamda 5 ta guruhga mo‘ljallangan.

Hozirda qurilish-ta’mirlash ishlari yakuniy bosqichda bo‘lib, ushbu yilning may oyida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.