Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan Payariq tumani Elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘i B.Ulug‘murodovga deputatlik so‘rovi yuborildi.
Gallery image 150122
JAZILOV NURISLOM KABILJONOVICH
21 May 2026
19:23

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan Payariq tumani Elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘i B.Ulug‘murodovga deputatlik so‘rovi yuborildi.

#Deputat_sorovi

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan Payariq tumani Elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘i B.Ulug‘murodovga deputatlik so‘rovi yuborildi.

O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 7-avgustdagi “Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi O‘RQ-940-sonli Qonuni talablari asosida hududda energiya samaradorligini oshirish, elektr energiyasidan oqilona foydalanish, tarmoqlardagi texnik yo‘qotishlarni kamaytirish va energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot so‘ralgan.

Shuningdek, deputatlik so‘rovida hududiy dasturlar, “yo‘l xaritasi” va tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq olib borilgan ishlar, erishilgan natijalar hamda mavjud muammolar yuzasidan asoslantirilgan yozma tushuntirish taqdim etish talab etilgan.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|