Barcha yangiliklar





KARIMOV AZIMBOY XO‘JABOY O‘G‘LI
21 May 2026
18:46
MAHALLADA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA IJTIMOIY HIMOYA ISHLARI TAHLIL QILINDI
O‘rganish davomida mahallada kambag‘allik reyestrida 41 ta oila, davlat ta’minotida 10 ta oila mavjudligi, 4 ta oila esa kambag‘allik chegarasida ekani aniqlandi. Umumiy kambag‘allik darajasi 4,3 foizni tashkil etadi. Shuningdek, 80 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslar bor.
Yil boshidan 20 ta oilaga oziq-ovqat yordami ko‘rsatilgan, 3 nafar nogironligi bo‘lgan shaxsga elektron aravacha,1 nafariga oddiy aravacha berilgan hamda 2 nafar voyaga yetmagan fuqaroga vasiylik tayinlangan.
Umuman olganda, yil boshidan bugungi kunga qadar 100 dan ortiq fuqaroga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilib, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy himoyani kuchaytirish bo‘yicha ishlar davom etayotgani ta’kidlandi.