Barcha yangiliklar
QIZILTEPADA ILK BOR PAXTA KOMBAYNLARDA TERILDI
Gallery image 16484
Gallery image 16485
Gallery image 16486
Gallery image 16487
Gallery image 16488
Gallery image 16489
Gallery image 16490
Gallery image 16491
Gallery image 16492
QANOATOV DILSHOD ABDUSAMAT O‘G‘LI
10 Sen 2024
09:59

QIZILTEPADA ILK BOR PAXTA KOMBAYNLARDA TERILDI

QIZILTEPADA ILK BOR PAXTA KOMBAYNLARDA TERILDI.

Paxta yig‘im-terim mavsumini qisqa muddatlarda va sifatli tarzda amalga oshirishni maqsad qilgan Qiziltepa tumanining O‘rtacho‘l hududida faoliyat yuritayotgan fermerlar chigit ekish mavsumidanoq bu ishlarga jiddiy kirishishgan edi va chigitni paxta terim kombayniga moslab yerga qadashgan edi. Ayni kunlarda esa hosilni yig‘adigan davr keldi.

Bugun Qiziltepa tumaning O‘rtacho‘l hududida uzoq yillardan buyon samarali faoliyat yuritib kelayotgan, Ra’no Valiyeva rahbarligidagi "Valiobod" fermer xo‘jaligi dala shiyponida paxta terimi mavsumi oldidan seminar o‘tkazildi.

Unda viloyat hokimi Normat Tursunov, tuman hokimi Bekzod Bobomurodov, qishloq xo‘jaligi sohasi vakillari, hududdagi fermerlar ishtirok etishdi. So‘zga chiqqanlar hosilning barakali bo‘lishini va barcha fermerlar zimmalaridagi rejalarni ortig‘i bilan bajarishlarini tilashdi hamda fermerlarga paxta terim kombaynlarining kalitlari tantanali ravishda topshirildi.