Barcha yangiliklar
📌 MUROJAAT JOYIDA O‘RGANILDI
Gallery image 149960
Gallery image 149961
Gallery image 149962
Gallery image 149963
AZIMOVA NARGISA MADALIYEVNA
19 May 2026
00:00

📌 MUROJAAT JOYIDA O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat X. Jumaboyev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A. Utegenov tegishli mas’ul tashkilotlar vakillari bilan birgalikda Bo‘ston mahallasida mavjud ichki ko‘cha masalasi yuzasidan murojaatni joyiga chiqib o‘rgandilar.

O‘rganish davomida hududdagi mavjud muammolar atroflicha ko‘rib chiqilib, fuqarolar fikr-mulohazalari tinglandi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va masalani ijobiy hal etish yuzasidan tegishli mutasaddilarga vazifalar belgilandi.

📌 Xalq manfaatlari yo‘lida amaliy ishlar davom etadi!