Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
Gallery image 149889
Gallery image 149890
Gallery image 149891
SUVANKULOV SHOXZAMON SHUXRAT O‘G‘LI
21 May 2026
16:35

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Uchrashuv avvalida deputat tomonidan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, aholi farovonligini oshirish, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning bandligini ta’minlash borasida qabul qilinayotgan qonun va qarorlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, kasb-hunar egallash, tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun ajratilayotgan imtiyoz va subsidiya dasturlari, ta’lim olish uchun yaratilayotgan sharoitlar yuzasidan tushuntirishlar olib borildi. Uchrashuv davomida farzand tarbiyasi, oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish hamda yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

Yakunda saylovchilar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tartibda choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.