Barcha yangiliklar
DEPUTAT NAZORATI – AHOLIGA XIZMAT KO‘RSATISH SIFATI E’TIBOR MARKAZIDA
Gallery image 149707
Gallery image 149708
Gallery image 149709
JABBOROVA GULZODA YUSUFOVNA
21 May 2026
15:27

DEPUTAT NAZORATI – AHOLIGA XIZMAT KO‘RSATISH SIFATI E’TIBOR MARKAZIDA

 “Milliy tiklanish” partiyasidan saylangan, Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashi kotibiyati mudiri G. Shermatova tomonidan tumandagi “Karmana oziq-ovqat ta’minoti” mas’uliyati cheklangan jamiyati tarkibidagi oshxona faoliyati hamda kichik savdo nuqtasi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida aholiga va tashkilot xodimlariga ko‘rsatilayotgan xizmat sifati, oziq-ovqat mahsulotlarining sanitariya holati, narx-navoning barqarorligi hamda savdo va umumiy ovqatlanish shoxobchalaridagi sharoitlarga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, deputat tomonidan xizmat ko‘rsatish madaniyatini yanada yaxshilash, iste’molchilarga qulaylik yaratish hamda savdo nuqtalarida sifat va tartibni ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.