Barcha yangiliklar
YOSHLIK MAHALLASIDA BEPUL TIBBIY KO‘RIK TASHKIL ETILDI
Gallery image 149568
Gallery image 149569
Gallery image 149570
Gallery image 149571
Gallery image 149572
Gallery image 149573
Gallery image 149574
Gallery image 149575
Gallery image 149576
Gallery image 149577
Gallery image 149578
Gallery image 149579
Gallery image 149580
Gallery image 149581
ASTANOVA MUBORAK SHERKULEVNA
21 May 2026
12:21

YOSHLIK MAHALLASIDA BEPUL TIBBIY KO‘RIK TASHKIL ETILDI

YOSHLIK MAHALLASIDA BEPUL TIBBIY KO‘RIK TASHKIL ETILDI

Inson qadrini ulug‘lash, aholi salomatligini muhofaza qilish va tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar doirasida xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi raisi Bazarov Baxtiyor Yaxshilikovich hamda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi raisi Jo‘rabek Hamroyev hamkorligida Navoiy shahridagi Yoshlik mahallasi aholisi uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Mazkur xayrli tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, fuqarolarning salomatlik holatini muntazam nazorat qilish hamda kasalliklarning oldini olishdan iborat bo‘ldi. Tibbiy ko‘rik jarayonida malakali shifokorlar tomonidan fuqarolarga birlamchi tibbiy tekshiruvlar o‘tkazilib, zarur tavsiya va maslahatlar berildi.

Ayniqsa, keksa avlod vakillari hamda ehtiyojmand oilalar uchun tashkil etilgan mazkur tibbiy aksiya aholi tomonidan mamnuniyat bilan kutib olindi. Tadbir davomida qon bosimi, qand miqdori, yurak-qon tomir kasalliklari hamda umumiy salomatlik holati bo‘yicha tekshiruvlar amalga oshirildi.

Tadbir ishtirokchilari aholi salomatligiga qaratilayotgan bunday e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun tashkilotchilarga minnatdorlik bildirib, bu kabi xayrli ishlar jamiyatda inson qadrini ulug‘lash va aholi farovonligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladilar.

Kelgusida ham aholi salomatligini mustahkamlashga qaratilgan bu kabi ijtimoiy tadbirlarni muntazam tashkil etish rejalashtirilgan.