Barcha yangiliklar
📌 12-son maktabda sog‘lom ovqatlantirish tizimi o‘rganildi
Gallery image 149504
Gallery image 149505
Gallery image 149506
Gallery image 149507
Gallery image 149508
Gallery image 149509
RUZMETOV UMRBEK SHAVKATOVICH
21 May 2026
11:20

📌 12-son maktabda sog‘lom ovqatlantirish tizimi o‘rganildi

🏫 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati A. Qalandarov, jamoatchilik vakillari hamda Shovot tuman SEO va JSB xodimlari bilan birgalikda tumandagi Bechchiqir mahallasi hududida joylashgan 12-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida monitoring ishlari olib borildi.

🔍 O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 472-sonli qarori ijrosi, maktabda sog‘lom ovqatlantirish tizimini tashkil etish, oziq-ovqat mahsulotlarining sifati, ularni saqlash sharoitlari hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi masalalari atroflicha ko‘zdan kechirildi.

🍽 Shuningdek, oshxona faoliyati, taomlar sifati va o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlarga alohida e’tibor qaratildi.

✅ O‘rganish yakunida mavjud holat yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.