Barcha yangiliklar
Baxt mahallasida ichki ko‘chalarni asfaltlash ishlari nazoratda
Gallery image 149491
Gallery image 149492
Gallery image 149493
ASHURBOYEV JAVLONBEK MUSTAFOQUL O‘G‘LI
21 May 2026
11:17

Baxt mahallasida ichki ko‘chalarni asfaltlash ishlari nazoratda

🏛 Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi deputati Erkin Abduraxmonov tomonidan Guliston shahrining Baxt mahallasida amalga oshirilayotgan ichki ko‘chalarni asfaltlash ishlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida hududdagi yo‘l qurilish ishlari sifati, belgilangan me’yor va talablar asosida olib borilishi, foydalanilayotgan qurilish materiallari hamda ishlarning borishi yuzasidan mas’ul mutaxassislar bilan suhbatlashildi.

📌 Mazkur asfaltlash ishlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 19-fevraldagi PQ-93-son qarori asosida, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilmoqda.

🚜 Ayni paytda mahalla ichki ko‘chalarida asfalt yotqizish ishlari izchil davom ettirilmoqda. Ushbu ishlar yakunlangach, aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoiti yaratiladi hamda hudud infratuzilmasi yanada yaxshilanadi.

✅ Deputat tomonidan olib borilayotgan ishlarning sifati va muddatida bajarilishi doimiy nazoratga olingan.