Barcha yangiliklar
📌 Madaniyat markazi faoliyati va ijtimoiy xizmatlar holati o‘rganildi
Gallery image 149476
Gallery image 149477
Gallery image 149478
Gallery image 149479
Gallery image 149480
Gallery image 149481
Gallery image 149482
RUZMETOV UMRBEK SHAVKATOVICH
21 May 2026
11:16

📌 Madaniyat markazi faoliyati va ijtimoiy xizmatlar holati o‘rganildi

🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputatlari G‘. Ollamov, M. Ro‘zmetov hamda Kengash kotibiyati xodimi U. Ruzmetov tomonidan tumandagi 57-son Komiljon Otaniyozov madaniyat markazi faoliyati o‘rganildi.

📖 O‘rganishlar O‘zbekiston Respublikasining “Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi O‘RQ-415-sonli Qonuni ijrosi yuzasidan olib borildi.

🎭 Jarayon davomida madaniyat markazida aholiga, ayniqsa, keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda ijtimoiy ehtiyojmand fuqarolarga yaratilgan sharoitlar, madaniy-ma’rifiy tadbirlar sifati va ijtimoiy xizmatlar holati ko‘zdan kechirildi.

🤝 Shuningdek, aholining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, milliy madaniyat va san’atni targ‘ib qilish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

✅ O‘rganish yakunida madaniyat markazi faoliyatini yanada takomillashtirish hamda ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.