Barcha yangiliklar
MUROJAAT JOYIDA O‘RGANILDI
Gallery image 149472
Gallery image 149473
Gallery image 149474
Gallery image 149475
MAXAMMADIYEVA GULMIRA ABDULLAYEVNA
21 May 2026
11:15

MUROJAAT JOYIDA O‘RGANILDI

⚡️Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi kotibiyat mudiri B.Oblanov, tuman Kengashi deputati D.Xushvaqtov, tuman Yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i T.Xudoynazarov hamda Tegirmonboshi mahallasi mahalla yettiligi bilan hamkorlikda Tegirmonboshi mahallasida yashovchi fuqaro Raxmatova Lolaning murojaati o‘rganildi.

✍️O‘rganish jarayonida fuqaroning uy-joyini ta’mirlash masalasi yuzasidan xonadonga borib, mavjud holat atroflicha ko‘zdan kechirildi. Murojaat bo‘yicha mas’ullar tomonidan fuqaro L.Raxmatovaga tegishli huquqiy va amaliy tushuntirishlar berildi.

✅Shuningdek, murojaatda ko‘tarilgan masalani qonuniy tartibda hal etish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

✅Fuqarolar murojaatlarini joyiga chiqqan holda o‘rganish va ularning muammolarini bartaraf etish yuzasidan amaliy choralar ko‘rish ishlari izchil davom ettirilmoqda.