Barcha yangiliklar
Bemor fuqarolarga bepul dori-darmonlar amalda ham berilishi kerak
Gallery image 16432
Gallery image 16433
Gallery image 16434
Gallery image 16435
Gallery image 16436
Gallery image 16437
Gallery image 16438
QURBONOV BAXTIYOR NOMAZ O‘G‘LI
10 Sen 2024
16:02

Bemor fuqarolarga bepul dori-darmonlar amalda ham berilishi kerak

Bandixon tumanida Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy Kengashi kotibi, viloyat Kengashi deputati Saydulla Abduraimov huquqni muhofaza qilish organlari vakillari ishtirokida tumandagi tibbiyot muassasalarida bepul dori-darmonlar berilishi holatlarini o'rgandi.

Tibbiyot tizimida korrupsion holatlar ko‘p uchrashi, jumladan, tibbiyot muassasalarida dori-darmon vositalari bepul bo‘lishiga qaramasdan fuqarolar o‘zlari harid qilayotganliklari va boshqa bir qancha shu kabi holatlar uchrayotganligi ta’kidlandi.

Soha vakillariga bepul dori-darmonlar ro'yhatini fuqarolarga ko'rinadigan bino devorlariga o'rnatish, fuqarolarni xabardor qilish va boshqa ko‘rsatmalar berildi.

Bu kabi tadbirlar inson qadri tamoyili asosida fuqarolarimizni rozi qilish hamda davlatimiz yaratib berayotgan imkoniyatlardan xalqimiz foydalanishida xizmat qiladi.