Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zolari tomonidan Nurobod mahallasidagi maktab bitiruvchilari bilan nuroniylar uchrashuvi tashkil etildi.
Gallery image 149409
Gallery image 149410
Gallery image 149411
KOMILOV A’ZAMJON UMID O‘G‘LI
21 May 2026
10:37

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zolari tomonidan Nurobod mahallasidagi maktab bitiruvchilari bilan nuroniylar uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuv davomida nuroniylar tomonidan jamiyatda har qanday kasb qadrlanishi, yoshlar kasb tanlashda adashmasligi lozimligi haqida alohida ta’kidlab o‘tildi. Shuningdek, hurmatli Prezidentimiz tomonidan yoshlar uchun yaratilayotgan imtiyoz va shart-sharoitlardan unumli foydalanish yuzasidan tavsiyalar berildi.
Yoshlar ham o‘z navbatida yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanib, kelgusida jamiyatga kerakli va yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishga va’da berdilar.
Mazmunli va samimiy ruhda o‘tgan uchrashuv barcha ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.