Barcha yangiliklar
Boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati qoniqarlimi?
Gallery image 149380
Gallery image 149381
Gallery image 149382
Gallery image 149383
ABDUNAZAROV ULUG‘BEK KARIMOVICH
21 May 2026
10:12

Boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati qoniqarlimi?

 Xalq deputatlari shahar Kengashi kotibiyati mudiri X.Ibragimova, shahar kengashi deputati O‘zXDP a’zosi U.Abdunazarov “Paxtakor” MFY raisi M.Muhammedov bilan birgalikda shaharning 15-dahasida joylashgan ko‘p qavatli uylarda BSK tomonidan
ko‘rsatilayotgan xizmatlar, ichki yo‘laklar, atrofdagi maydon tozaligi va yoritilishi holatlari o‘rganildi.
O‘rganish natijasida ko‘p
qavatli uylar atrofi obodonlashtirilmaganligi, begona o‘tlar va chiqindilar olinmaganligi, tungi yoritish chiroqlar to‘liq ishlamasligi, hududda toza ichimlik suvi quvuri yorilganligi va oqib yotganligi, aholini elektr energiyasidan qarzdorlik muammosi va boshqa masalalar aniqlandi. Ushbu kamchilik va muammolarni bartaraf etish yuzasidan shahar hokimligi Qurilish bo‘limiga deputatlik so‘rovi bilan chiqilishi belgilandi hamda ijrosi nazoratga olindi.