Barcha yangiliklar
Sayyor qabul o‘tkazildi
Gallery image 149333
Gallery image 149334
Gallery image 149335
Gallery image 149336
UZBEKOVA ZOHIDA BAXROMOVNA
20 May 2026
09:46

Sayyor qabul o‘tkazildi

Sayyor qabul o‘tkazildi

✅ O‘zLiDeP viloyat Kengashi hamda tuman Kengashi deputatlari ishtirokida aholi murojaatlari va mavjud muammolarni o‘rganish maqsadida sayyor qabul tashkil etildi.

✅ Sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan kommunal xizmatlar, ish bilan ta’minlash, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, yo‘l va infratuzilma, tibbiy xizmat hamda tadbirkorlikni rivojlantirishga oid qator murojaatlar bildirildi.

✅ Deputatlar har bir murojaatni atroflicha o‘rganib, ayrim masalalarni joyida hal etish choralarini ko‘rdi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan murojaatlar esa tegishli tashkilot va mutasaddilarga deputatlik nazoratiga olingan holda yo‘naltirildi.