Barcha yangiliklar
Murojaatlar va takliflar deputat e’tiborida
Gallery image 149316
BEKTEMIROV SOBIR QAXROMONOVICH
21 May 2026
09:17

Murojaatlar va takliflar deputat e’tiborida

Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi deputati U.Almanov tomonidan Mo'gol MFY fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

️Uchrashuv davomida mahalla faollari va fuqarolar tomonidan hududdagi mavjud muammolar, ijtimoiy masalalar hamda aholini qiynab kelayotgan kamchiliklar yuzasidan murojaat va takliflar bildirildi.
Shuningdek, ichki yo‘llar, elektr ta’minoti, obodonlashtirish hamda ijtimoiy infratuzilma bilan bog‘liq masalalar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari chiqarilishi belgilandi.
️Fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish va muammolarni joyida o‘rganish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.