Barcha yangiliklar
HOKIM VA DEPUTAT NAZORATI
Gallery image 149286
Gallery image 149287
Gallery image 149288
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
20 May 2026
20:45

HOKIM VA DEPUTAT NAZORATI

Paxta dalalarida mavsumiy agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Dalalarda qator oralari ishlovi, begona o‘tlarni bartaraf etish, sug‘orish tarmoqlarini tartibga keltirish hamda ekin parvarishi ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

Shu bilan birga, dala atroflarini obodonlashtirish, tozalikni ta’minlash va suv resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha amaliy ishlar tashkil etildi.

Mutasaddilar va fermer xo‘jaliklari tomonidan amalga oshirilayotgan ushbu tadbirlar paxta hosildorligini oshirish, ekinlarning sog‘lom rivojlanishini ta’minlash hamda qishloq xo‘jaligida samaradorlikni yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati